Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi vakant direktor lavozimiga ochiq tanlov e'lon qiladi
Poytaxtimiz tumanlaridagi maktablarning direktor lavozimi madm.uzedu.uz saytida menejerlik sertefikatiga ega bo'lgan nomzodlar uchun quyidagi vakant maktablar ochiq mustaqil tanlovga qo'yildi:
Bektemir tumanidagi 346-, 290-, Mirobod tumanidagi 65-, Mirzo Ulug'bek tumanidagi 207-, Olmazor tumanidagi 1-, 11-, 24-, 224-, 261-, 298-, 315-, Uchtepa tumanidagi 197-, Chilonzor tumanidagi 103-, 128-, 188-, Shayxontohur tumanidagi 41-, Yunusobod tumanidagi 43-, 80-, 313-, hamda Yashnobod tumanidagi 341-sonli umumta'lim maktablari.
Tanlov 2024-yil 30-oktabrdan 3-noyabrga qadar davom etadi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati