Toshkent shahar Yunusobod tuman 88-son umumta'lim maktabi

Tumani hokimi B.Abduvaliyev “Obod” mahalla hududidagi 88-sonli umumta’lim maktab faoliyati bilan tanishdi

Tumani hokimi B.Abduvaliyev “Obod” mahalla hududidagi 88-sonli umumta’lim maktab faoliyati bilan tanishdi. Tanishuv mobaynida dars mashg‘ulotlarini ko‘zdan kechirdi. Tuman hokimi o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan samimiy suhbat qurib, ta’limning nufuzini oshirish, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi kommunikativ muloqotning ilg‘or tizimlaridan unumli foydalanish, yangi uslublarni qo‘llashga jiddiy e’tibor qaratish muhimligini qayd etdi. Shuningdek, hokim maktab oshxonasidagi mahsulotlarning sifati va narxi, sinf xonalarida kompyuter jamlanmalari, sport inventarlari hamda badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik holati bilan ham qiziqdi. Umumta’lim maktabida o‘qituvchilar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, o‘quvchilarning darsda faol ishtirok etishi uchun interfaol metodlardan ko‘proq foydalanish, sport to‘garaklari hamda til o‘rganishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni ishga solishini ta’kidlab o‘tdi. Tuman hokimi ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganilib, tegishli tavsiyalarini berdilar.



Смотреть все