Maktabning 9-“A” sinf o’quvchilari Toshkent Moliya institutiga tashrif buyurishdi
Toshkent shahar Yunusobod tumani 88-maktabning 9-“A” sinf o’quvchilari 2023-yil 5-may kuni shahrimizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri Toshkent Moliya institutiga tashrif buyurishdi. Tashrif jarayonida o’quvchilar institut shart-sharoitlari, kutubxona, o’quv xonalari bilan tanishdi. Professor domlalar bilan uchrashib, institutdagi fakultetlar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lishdi.