Toshkent shahar Yunusobod tuman 88-son umumta'lim maktabi

Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

Ayni paytda poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta’lim maktabida Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Tanlovda tuman bosqichlarida saralangan 7-9-sinflarda tahsil oladigan 5 nafar o‘quvchidan tarkib topgan g‘olib maktab terma jamoalari ishtirok etishmoqda.
Tanlovning ochilish marosimida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Nilufar Husanboyeva ishtirok etib, barcha qatnashchilarga omad tiladi. 

Смотреть все