Maktabimizda “Poyi qadamingdan aylanay, Navro'z!” shiori ostida uyushtirilgan bayram tadbiri barchaga ko'tarinki kayfiyat ulashdi
Yunusobod tumanidagi 88-sonli umumta'lim maktabida “Poyi qadamingdan aylanay, Navro'z!” shiori ostida uyushtirilgan bayram tadbiri barchaga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.
Unda o'quvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyish etildi. Milliy taomlar tanlovi, bahoriy kuy-qo'shiqlar ostida xalq o'yinlari, tosh ko'tarish, arqon tortish bellashuvlari o'tkazildi.
Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati