Toshkent shahar Yunusobod tuman 88-son umumta'lim maktabi

“Jaholatga qarshi – ma’rifat” g‘oyasi ostida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi


Kecha Maktabgacha va maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan hamkorlikda xodimlarning diniy-ma’rifiy tafakkurini yuksaltirish maqsadida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” g‘oyasi ostida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda vazirlik markaziy apparati mas’ul xodimlari hamda tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Dastlab, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va barqarorlikni yanada mustahkamlashda ma’rifiy Islomning o‘rni beqiyosligi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

So‘ngra Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining mas’ul xodimi Ilhom Ma’rupov Islom dini ta’limotining bag‘rikeng va moʻtadil, mehr-oqibat, odob-axloqqa yo‘g‘rilgan tinchlikparvar g‘oyalari borasida so‘z yuritdi. 

Tadbir so‘ngida insonlarni ezgulik yo‘lida birlashib, hamkor va hamnafas bo‘lib, taraqqiyotga g‘ov bo‘ladigan turli shakldagi to‘siqlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish mavzusida fikr almashildi.


Смотреть все