Yunusobod tumanidagi “Buyuk Turon” mahalla fuqarolar yig'inida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan fuqarolar sayyor qabuli bo'lib o'tdi

Unda shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari, tuman bo'limi mutasaddilariga ta'lim muassasalari rahbarlari, o'qituvchilar, ota-onalar o'zlarini o'ylantirayotgan kamchilik hamda muammolar yuzasidan murojaat qildilar.
Jumladan, tadbir doirasida to'qqiz nafar fuqaro murojaati tinglandi. Murojaatlarning 3 tasi joyida yechimini topgan bo'lsa, qolgan masalalarni hal qilish yuzasidan aniq muddat va zarur choralar belgilab olindi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati