Мaktabimizda yuqori sinf o'quvchillariga "O‘zbekiston va jahon" mavzusida mashg'ulotlar o‘tdi

Bugun Yunusobod tumani maktabgacha maktab ta'lim boʻlim boshlig'i Suhrobbek Kirgizbayev “Kelajak soati" loyihasi doirasida tumandagi 88-sonli umumta'lim maktabi yuqori sinf o'quvchillariga "Oʻzbekiston va jahon" mavzusida mashg'ulotlar o'tdi.
Ochiq va samimiy muloqot ruhida kechgan mashg'ulotlarda Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi oʻrni, soʻnggi yillardagi tashqi siyosatdagi yutuqlari haqida suhbatlashildi. Shuningdek, Yangi O'zbekiston kelajagi — yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida to'xtalinildi. Bitiruvchi-yoshlarni qiziqtirgan ko'plab savollarga batafsil javob berildi.
