Toshkent shahar Yunusobod tuman 88-son umumta'lim maktabi

10-sinflar o‘rtasida psixologlar bilan hamkorlikda “Buyuk maqsadlar sari” mavzusida mazmunli seminar-trening tashkil etildi


Maktabimizda 11-aprel 10-sinflar o‘rtasida psixologlar bilan hamkorlikda “Buyuk maqsadlar sari” mavzusida mazmunli seminar-trening tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilarda o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yish, kelajakka ishonch bilan intilish, mas’uliyat hissini kuchaytirish va ijobiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Seminar davomida psixologlar tomonidan motivatsion suhbatlar, amaliy mashg‘ulotlar hamda savol-javoblar o‘tkazilib, o‘quvchilarga vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlash va muvaffaqiyat sari dadil qadam tashlash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Mazkur seminar-trening o‘quvchilarning faolligini oshirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va kelajak rejalari haqida teranroq fikr yuritishiga xizmat qildi.



Смотреть все