Toshkent shahar Yunusobod tuman 88-son umumta'lim maktabi

Yunusobod tumani maktablari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi


Yunusobod tumanidagi 122-239 va 88-maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur bellashuvda har bir maktabdan 12 nafardan ishtirokchi o‘quvchilar qatnashdilar.
O‘yin davomida jami 20 ta qiziqarli va mantiqiy savollar berildi. Bellashuv juda qiziqarli va mazmunli tarzda o‘tdi, unda o‘quvchilarning bilim saviyasi, tezkor fikrlashi hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 88-maktab jamoasi faxrli o‘rinni egallab, tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. G‘olib va faol ishtirok etgan jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.



Смотреть все