Toshkent shahar Yunusobod tuman 88-son umumta'lim maktabi

Maktabimizda 21-oktabr “O‘zbek tilim — g‘ururim” mavzusida Til bayramiga bag‘ishlangan ijodiy tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi

Maktabimizda 21-oktabr “O‘zbek tilim — g‘ururim” mavzusida Til bayramiga bag‘ishlangan ijodiy tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi. 
Tadbir davomida ona tilimizning go‘zalligi, boyligi, tarixi va bebaho qadri haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilarimiz tomonidan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Ular o‘z iste’dodlari, bilimlari va ona tilimizga bo‘lgan mehrlarini namoyon etdilar. Ustozlarimiz ham tadbirni tashkil etishda faol ishtirok etdilar. Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida ona tilimizga hurmat, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Ona tilimiz — millatimiz faxri, ma’naviyatimiz ko‘zgusi va bebaho boyligimizdir!



Смотреть все